Ispanlar jonli buqa ishtirokidagi opera man etilishini talab qilishmoqda
Change.org portalida 44 mingga yaqin kishi Qirollik teatrida tirik buqa ishtirokidagi operani ta'qiqlash uchun onlayn-arznomaga rozilik bildirdi. Tashabbuskorlar buqani sahna ko‘rinishidan olib tashlashni yoki uning mumdan yasalgan nusxasidan foydalanishni talab qilishmoqda.
The Local nashrining xabar berishicha, joriy yilning 11 may kunida Madrid shahrida «Muso va Horun» sahna ko‘rinishi 24 maydan 17 iyunga qadar namoyish etilishi rejalashtirilgan.
«Buqa yorqin chiroq ostida bo‘lib, nafaqat sahnadagi 15 daqiqali chiqish davomida, balki spektakl va repititsiyaning qolgan vaqtida ham atrofdagi doimiy harakat va shovqin-surondan stress holatiga tushadi», - deb yozadi shikoyat tashabbuskori Xayme Alkazar.
Mazkur arznoma Ispaniya madaniyat vaziri va Madrid hokimiga qarata yo‘llangan.
Mazkur operaning 2015 yilning kuz oyida qo‘yilgan Parijdagi namoyishi ham jamoatchilikning noroziliklariga sabab bo‘lgan edi. Jonivorlarni himoya qiluvchi organlar «Muso va Horun» sahna ko‘rinishini bekor qilish talabi bilan Fransiya madaniyat vaziriga murojaat qilishgan edi. Ularning fikricha, buqani nazoratda ushlab turish uchun unga yarim tonna atrofida sedativ giyohvand moddalari berilgan.
Qirollik teatrining Madriddagi vakili ta'kidlashicha, jonivorga hech qanday maxsus dorilar berlmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, buqani ikki mutaxassis nazorat qiladi va jonzotning barcha zaruriyatlari ta'minlab beriladi.
«Muso va Horun» — XX asr nemis bastakori Arnold Shenbergn6ing uch pardali operasi. Undagi voqealar qadimiy Ahd kitoblariga asoslanib yaratilgan.