Jamiyat | 17:05 / 12.05.2016
4944
1 daqiqa o‘qiladi
Qora tanli o‘smirni otib qo‘ygan politsiyachi qurolini kim oshdi savdosiga qo‘ydi
Amerikalik politsiyachi Jorj Tsimmerman 2012 yilda Floridada qurollanmagan o‘spirinni otib qo‘ygan pistoletini kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Bu haqda Mashable xabar qilmoqda.
“Men mustaqil amerikalikman va men o‘z mulkim bilan nimani istasam, shuni qilaman”, - izoh berdi Tsimmerman.
Ma'lum bo‘lishicha, Tsimmerman pistoletini “Amerika o‘q otish qurollarining tumori” deb hisoblaydi.
24 soatli onlayn-auksion 12 may kuni ochiladi. Lotning boshlang‘ich narxi 500 dollar.
Jorj Tsimmerman – amerikalik “qo‘shnichilik nazorati” ko‘ngilli-patruli. 2012 yil 26 fevral kuni 17 yashar afroamerikalik begunoh Treyvon Martinni otib o‘ldirib qo‘ygan. O‘zini himoya qilgan, degan oqlov bilan qo‘yib yuborilishi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan.