Jahon | 17:26 / 12.05.2016
5150
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiya Yevropa uchun migratsiya xaosi bilan tahdid qilmoqda

Turkiya Yevropa bilan qochqinlar masalasida kelishuv omadsizlikka uchrashi fonida bu qit'ani "migratsiya xaosiga cho‘ktirmoqchi". Bu haqda The Telegraph xabar tarqatgan.

Nashrning yozishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning maslahatchisi Burhon Kuzu o‘z tvitterida shunday yozgan: "Agar parlament xato qaror qabul qilsa, biz qochqinlarni qo‘yib yuboramiz".

Kuzu Turkiya fuqarolarining Yevropa Ittifoqi hududiga vizasiz safarlar qilishi imkoniyatlari xususida gaplashgan. Ayni vaqtda bu masala Yevroparlamentda ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan oldinroq, Yevroparlament Turkiya bilan vizasiz rejim bo‘yicha ishlarni to‘xtatgandi, bunga Turkiya tomoni kelishuv bo‘yicha shartlarni bajarmayotgani sabab bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish