19:43 / 12.05.2016
7363

Jyek Blek Dueyn Jonson bilan "Jumanji"ning remeykida suratga tushmoqda

Aktyor Jyek Blek Dueyn Jonson bilan "Jumanji" filmining remeykida suratga tushmoqda. Bu haqida The Hollywood Reporter xabar beradi.

Filmning original varianti 1995 yilda ekran yuzini ko‘rgan. Unda bosh rolni Robin Uilyams ijro etgan. Tasmada g‘ayrioddiy stol o‘yini to‘g‘risida hikoya qilinadi. 

Film remeyki bilan Sony kinokompaniyasi shug‘ullanadi. Blekning loyihadagi ishtiroki haqida Jonson o‘zining instagram tarmog‘ida ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, komik aktyor filmga bolalarcha quvonch bag‘ishlaydi. 
Shuningdek, Jonson yangi kartinada Kevin Xart ham rol o‘ynaganini tasdiqladi ("Erkak kabi o‘yla", "Mayami missiyasi").

Top