Sport | 09:32 / 13.05.2016
3257
1 daqiqa o‘qiladi

«Aberdin» vafot etgan muxlisi xotirasi uchun uning tribunadagi joyiga chipta sotishni to‘xtatdi

Shotlandiyaning «Aberdin» klubi o‘zining ashaddiy muxlisi o‘tiradigan joy uchun chipta chiqarishni to‘xtatadi

87 yoshli Norman Goldi yaqinda insult natijasida vafot etgandi, shotland klubi muxlisining xotirasiga uning joyini ramziy joy sifatida saqlab qoladigan bo‘ldi. 

Goldi sevimli jamoasi o‘yiniga ikki xil, jamoa liboslari rangidagi paypoqlarda – bittasi qizil, bittasi oq – kelishi bilan tanilgandi. 

«Aberdin» muxlis xotirasiga o‘rindiqni qizil-oq rangga bo‘yab jamoa «Pittodri» stadionida o‘ynar ekan bu o‘rindiq uchun chipta sotilmasligini bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish