Jamiyat | 12:37 / 13.05.2016
11630
1 daqiqa o‘qiladi
Andijonda maktab o‘quvchilari yomg‘ir ostida fleshmob o‘tkazishdi
Andijonda bo‘lib o‘tayotgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz" yoshlar festivali doirasida 2-maktab o‘quvchilari yomg‘ir ostida fleshmob o‘tkazishdi.
O‘quvchilar yomg‘ir ostida rang-barang soyabonlarni ko‘targan holda "25" raqamini tasvirlashdi.
Ularning bir qismi esa raqamning yuqorisida kamalak tasvirini hosil qilishdi. Aktsiyada 70 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.
Respublika bo‘ylab mustaqillikning 25 yilligiga bag‘ishlangan fleshmoblar o‘tkazilishi davom etmoqda.
Gulistondagi maktab o‘quvchilari Mustaqillikning 25 yilligiga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazdi