Sport | 18:52 / 13.05.2016
5256
2 daqiqa o‘qiladi

Angliyada «Lester» stadionidan olingan havo sotuvga qo‘yildi

eBay internet do‘konida «Lester» jamoasi o‘z o‘yinlarini o‘tkazadigan «King Pauer» stadioni havosi sotivga qo‘yildi.

Ayni vaqtda 10ta 1 litrli idishlardagi havo sotuvga qo‘yilgan, ulardan biri o‘z xaridorini topgan.

«King Pauer» stadionidagi yangi havodan bahra olish imkoniyatini qo‘lga kiriting. G‘alaba havosini sotib olish imkoniyati hayotingiz davomida bir marta bo‘lishi mumkin», — deyilgan annotatsiyada.

1 litr havo narxi 30 funt sterling (43,36 dollar).

2 may kuni «Lester» jamoasi o‘zining eng yaqin ta'qibchisi «Tottenhem» «Chelsi»ga qarshi derbi bahsida ochko yo‘qotgach, 132 yillik tarixida ilk marta Angliya chempioniga aylangandi.

2015 yilning martida eBay auksionida amerikalik pop-qo‘shiqchilar konsertlaridan olingan havo sotila boshlagandi.

O‘tgan yilning dekabrida esa Kanada Pekin aholisiga toza havo sota boshladi. 

Dastlab Vitality Air kompaniyasi eBay orqali havo paketlarini 0,99 dollardan sotgan. Keyinroq esa hajmiga qarab butilkaning qiymati 46 dollargacha yetdi. Bu 400 yuanga teng bo‘lib, 2 yuan atrofida turuvchi mineral suvdan 200 marta qimmatroq edi.

Pekinda 6 dekabr kuni havoning ifloslanganligi tufayli ekologik xavflilikning eng yuqori – «qizil» darajasi e'lon qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish