Sport | 11:04 / 13.05.2016
2963
1 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» muxlislarning noroziligiga qaramay Arsen Venger bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Londonning «Arsenal» klubi muxlislarning keskin noroziligiga qaramay jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

The Times bergan xabarga ko‘ra, jamoaning bosh aksiyadori Sten Kronke fransuz mutaxassisiga ikki yillik yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Venger bu taklifga oktabr oyiga qadar javob berishi kerak.

Murabbiyning «Arsenal» bilan amaldagi kelishuvi 2017 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.