Sport | 10:59 / 13.05.2016
2937
3 daqiqa o‘qiladi

Benzema va Valbuena Fransiya termasining Yevro-2016 uchun kengaytirilgan tarkibidan joy olmadi

Fransiya terma jamoasining bosh murabbiyi Dide Desham Yevro-2016 musobabaqasiga boradigan futbolchilar ro‘yxatini e'lon qildi.

Unda 23 nafar futbolchi asosiy ro‘yxatda, 8 nafar futbolchi zaxira futbolchilari sifatida qayd etilgan.
Zaxira futbolchilari asosiy ro‘yxatdagi futbolchilar jarohat olgan taqdirda ularning o‘rnini egallashi mumkin. Bunday kengaytirilgan ro‘yxatda Karim Benzema va Matyo Valbuena nomi yo‘q. Bu ikki futbolchi o‘rtasidagi mojaroli vaziyat hali hal qilinmadi.

Asosiy zayavka:
Darvozabonlar: Ugo Loris («Tottenhem»), Stiv Mandanda («Marsel»), Benua Kostil («Renn»).

Himoyachilar: Lyuka Din («Roma»), Patris Evra («Yuventus»), Loran Koselni («Arsenal»), Eliakim Mangalya («Manchester Siti»), Kristof Jalle («Lion»), Bakari Sanya («Manchester Siti»), Rafael Varan («Real»), Jyeremi Mate («Barselona»).

Yarimhimoyachilar: Yoan Kabay («Kristal Pelas»), Lassana Diarra («Marsel»), Blez Matyuidi («PSJ»), Pol Pogba («Yuventus»), Ngolo Kante («Lester»), Mussa Sissoko («Nyukasl»).

Hujumchilar: Andre-Per Jinyak («Tigres»), Dimitri Payye («Vest Xem»), Olive Jiru («Arsenal»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Kingsli Koman («Bavariya»), Antoni Marsyal («Manchester Yunayted»).

Darvozabon Alfons Areolya («Vilyarreal»), himoyachi Jibril Sidibe («Lill») va Samyuel Umtiti («Lion»), yarim himoyachilar Morgan Shnayderlin («Manchester Yunayted»), Adriyen Rabo («PSJ») va Hotam Bin-Arfa («Nitstsa»), hujumchilar Aleksandr Lakasett («Lion») va Kevin Gameyro («Sevilya») esa zaxira fuibolchilari sifatida qoldirildi.

Fransiya terma jamoasi turnirning A guruhidan joy olgan. Bu guruhda turnir mezbonlariga Ruminiya, Albaniya va Shveytsariya terma jamoalari raqib bo‘ladi. Yevropa chempionati 10 iyundan 10 iyulgacha o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish