Bir guruh muhojirlar 10 yil mobaynida Londondagi avtomobil turargohida kun kechirgan
Ruminiyadan kelgan bir guruh muhojirlar 10 yildan beri London markazidagi avtomobil turargohidagi mashinalarida istiqomat qilib kelishmoqda, deb yozmoqda The Sun gazetasi.
Muhojirlarning o‘zlari gazetaga ma'lum qilishicha, ular mayda ishlar bilan pul topishadi, arzon mahsulotlar iste'mol qilishadi, quvvat beruvchi ichimliklar ichishadi. Shunga qaramay, vatanlariga qaytish niyatlari ham yo‘q, chunki Buyuk Britaniyadagi moliyaviy vaziyat yaxshiroq, deb hisoblashadi.
«Bu yerda Ruminiyadagiga qaraganda ko‘proq to‘lashadi. Biz vatanimizda haftasiga topadigan pulimizni bir kunda ishlaymiz. Albatta, mashinada yashash havas qiladigan narsa emas. Ammo, shunday bo‘lsa-da, Ruminiyadagidan yaxshiroq», — degan muhojirlardan biri.
Gazetaning qayd etishicha, mahalliy aholi turargohda istiqomat qiluvchilarning axloqlaridan bir necha bor arz qilishgan.