Fan-texnika | 10:36 / 13.05.2016
5259
1 daqiqa o‘qiladi

Xaker aqlli soatga operatsion tizim o‘rnatdi

Hacking Jules laqabli YouTube foydalanuvchisi LG G Watch aqlli soatlariga Windows 7’ning yengil versiyasini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Android Community ma'lum qildi. 

Xakerning so‘zlariga ko‘ra, bilak gadjyetiga statsionar operatsion tizimni o‘rnatish uch soat vaqtni oladi. Shundan keyin displey sensoriga tekkan holda sichqoncha kursorini boshqarish mumkin. 

Tajribada LG G Watch standart modelidan foydalanildi.