Fan-texnika | 14:41 / 13.05.2016
4930
1 daqiqa o‘qiladi
Quyosh batareyalari orqali ishlovchi samolyot 18 soatlik parvozdan keyin Oklahomaga qo‘ndi
Quyosh batareyalari orqali ishlovchi samolyot Solar Impulse 2 18 soatlik parvozdan keyin Oklahoma shtatidagi Talsa shahriga qo‘ndi. Bu haqda loyiha mualliflari o‘z tvitterida xabar bergan.
Solar Impulse 2 parvozli sarguzasht davomida Finiksdan 1,5 ming. Km masofa bosib Talsaga kelgan.
Aprel oyi oxirida Solar Impulse 2 quyosh batareyali samolyotini Bertran Pikar va Andre Borshberg kabi uchuvchilar Tinch okeani orqali uch kunlik parvozdan keyin Kaliforniyaga qo‘ngani xabar qilingandi.