Sport | 14:49 / 13.05.2016
3612
1 daqiqa o‘qiladi

«Match TV»ning sobiq sharhlovchisi Vladimir Stogniyenko Eurosport telekanalida ish boshlaydi 

Eurosport telekanali sharhlovchi Vladimir Stogniyenko bilan ijodiy hamkorlik boshlaganini ma'lum qildi. Bu haqda telekanal rasmiy saytida yozib qoldirilgan.

«Yoshligimda Eurosport telekanalida ishlaganman, o‘shan vaqtlardan juda iliq xotiralar saqlanib qolgandi. Shunday joyga qaytganimdan xursandman. 

Sharhlovchilar formada bo‘lishi uchun doimiy ish amaliyoti kerak bo‘ladi. Eurosport sharofati bilan bunday amaliyot menda bo‘ladi», – deya gapirib o‘tgan Stogniyenko. 

May va iyun oylarida Stogniyenko jonli efirda o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati (U-17) (18 may, Toshkent vaqti bilan - 20.45), AQSh chempionati - MLS «Chikago Fayr» – «Hyuston Dinamo» (22 may, 02.00) va «Nyu-York Siti» – «Real Solt Leyk» (3 iyun, 04.00) o‘yinlarini sharhlab boradi.

«Match TV» telekanalini yana bir yetakchi sharhlovchi tark etdi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish