10:37 / 13.05.2016
4967

OAV: Mourino yaqin soatlar ichida «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolaydi

Londonning «Chelsi» klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino keyingi mavsumdan «Manchester Yunayted»ni boshqarishga yaqin turibdi. 

Sky bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis ingliz klubi bilan yaqin soatlar ichida shartnoma imzolaydi. 

Hozircha «MYu» bosh murabbiyi bo‘lib turgan Lui van Gaal jamoani kubok finaliga olib chiqqan va 4-o‘rin uchun imkoniyatini saqlab turibdi.

Top