Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rostov» futbolchisi: Asosiysi futbolchilarda qanaqadir meldoniy kabi preparatlar topilmasa bo‘lgani
Rossiyaning «Rostov» klubi yarimhimoyachisi Timofey Kalachyov RFPL 28-turi doirasidagi «Dinamo»ga qarshi o‘yindan (3:1) keyin jamoa asosiy tarkibi futbolchilarining doping-testdan o‘tkazilishi bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Bir yo‘la 11 nafar futbolchining doping-testdan o‘tkazilganiga duch kelganmanmi? Men juda marotaba bunday tekshiruvlardan o‘tganman, lekin odatda bu kabi tekshiruvlarda ikki-uch kishi bo‘lardi. Butun jamoa bo‘lishi… Menimcha, ular, «Rostov» qanday qilib bu darajada yaxshi o‘yin ko‘rsatishayotganini tushunishmayapti.
Asosiysi qandaydir meldoniy kabi preparatlar topilmasa bo‘lgani, yoki hozir yana boshqa qanaqalarini qidirishyapti? O‘ylashimcha, hammasi yaxshi bo‘ladi. Biz odatiy ovqatlanish tartibi asosida yaxshi futbol ko‘rsatmoqdamiz», — deya «Match TV» telekanaliga intervyu bergan Kalachyov.