O‘zbekiston | 19:49 / 13.05.2016
8360
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatida “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” targ‘ibot tadbirlari boshlandi

12 maydan boshlab “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari Sirdaryo viloyatida boshlandi. 

12 may kuni taniqli shoir, yozuvchi va yosh olimlar, kino va teatr aktyorlari, san'atkorlar va estrada xonandalari hamda “Nihol” mukofoti sovrindorlaridan iborat targ‘ibotchilar guruhlari Guliston shahar “Yoshlar markazi”da tantanali ravishda kutib olindi.

Tadbirlar kun davomida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani va Yangiyer, Guliston, Shirin shaharlarida 48 ta umumta'lim hamda 4 ta bolalar musiqa va san'at maktablarida, 20 ta kasb-hunar kollejida, “Obod yurt” nomidagi madaniyat va aholi dam olish markazida o‘tkazildi. Unda 90 nafardan ziyod taniqli san'atkorlar va estrada xonandalari, kino va teatr aktyorlari, shoir va yozuvchilar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari tashrif buyurib ular jami 10 ming 443 nafar o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdilar va o‘z ijod na'munalarini havola etdilar. 
Targ‘ibot tadbirlari 14 mayga qadar davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish