Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sun'iy intellekt poygada 11 ming dollar foyda keltirdi
Avvalroq Oskar va Superkubok g‘oliblarini bashorat qilgan sun'iy idrok platformasi endi Kentukkidagi Derbi poygalarida mo‘may daromad keltirdi.
Odamlar hamda sun'iy idrokni mujassamlashtirgan integratsiyalashgan UNU tizimi Derbi poygalarida 540ga 1 stavkasida birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan tulporlarni aniqlay oldi. Shunday qilib, tizim yaratuvchisi Lyuis Rozenberg 20 dollar tikib 10842 dollar ishlab oldi.
UNU tizimi – sun'iy idrokning maxsus shakli – ari uyasi idroklari. UNU vazifasi inson o‘rnini bosish emas, balki uning kognitiv imkoniyatlarini kengaytirish. UNU quyidagicha ishlaydi: Avval smartfonlar yoki shaxsiy kompyuterlar orqali odamlar guruhi tizimga kiradi. Keyin barcha qatnashchilarga savol beriladi va javob variantlari taqdim etiladi. Har bir ishtirokchiga virtual shayba beriladi, uni ekran bo‘ylab harakatlantirib, u yoki bu javobga yo‘naltirish mumkin. Oxir-oqibatda shayba faqat bitta javobda to‘xtash imkoni qolganda hammani qoniqtiradigan javobni tanlash uchun guruhga 60 soniya beriladi.
UNU protopiti uchun hasharotlar uya tanlash uchun foydalanadigan asalari galasi kollektiv idrokidan andoza olindi. UNU algoritmi yagona qarorga kelish uchun guruhdagi odamlarning bilimi hamda intuitsiyasidan foydalanishga intiladi. Fikrlaridan kelib chiqqan holda odamlarni guruhlarga ajratuvchi so‘rovnomadan farqli o‘laroq UNU murosa qarorini izlaydi.
Yil avvalida UNU imkoniyatlari Oskar mukofoti sovrindorlarini bashorat qilish misolida Newsweek nashriga namoyish etilgan. O‘shanda tizim professional kinotanqidchilar va bukmekerlarni ham ortda qoldirib 15 g‘olibdan 11 nafarini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.
Kelgusida Rozenberg qimor va ko‘ngilochar o‘yinlar chegarasini kengaytirish niyatida – UNU sog‘liqni saqlash va siyosatda ham samara keltirishi kerak. Masalan, tizim bazasida shifokorlar konsiliumi o‘tkazilishi yoki butun davlat miqyosida hukumat qarorlari qabul qilinishi mumkin.