O‘zbekiston | 18:26 / 13.05.2016
5380
1 daqiqa o‘qiladi

TIVda O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlari muhokama qilindi

13 may, juma kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston—Qozog‘iston munosabatlari hamda O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasidagi bo‘lajak tadbirlarda Qozog‘iston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari muhokama qilindi.