16:13 / 13.05.2016
13976

Toshkent aeroporti yaqinida yuz bergan YTH tufayli haydovchilardan biri halok bo‘ldi

Bugun, 13 may kuni Toshkent aeroportidan Transport instituti tomon ketish yo‘li – Qumariq ko‘chasida "KamAZ", "Damas" hamda "Matiz" rusumidagi avtomashinalar ishtirokida to‘qnashuv ro‘y bergan. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘i “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qilindi

Halokat natijasida bir kishi halok bo‘lgan. Guvohlarning ma'lumotiga ko‘ra, qurbon – "Matiz" haydovchisi.

Guruh foydalanuvchilari barchani hushyorlikka da'vat etgan.

Top