Jamiyat | 15:04 / 13.05.2016
8250
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda haydovchi ayol 6 yoshli bolani urib yubordi

10 may kuni Toshkent shahridagi Olmazor tumanidagi "Chilguton" mahallasi hududida "Spark" avtomobili rulidagi ayol 6 yoshli bolani urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa soat 18:00-19:00 oralig‘ida Taxtapul Darvoza ko‘chasi yo‘nalishida sodir bo‘lgan.

Shu hududda istiqomat qiluvchi aholining UZ24 muxbiriga ma'lum qilishicha, bola katta reklama banneri orqasidan yo‘lga yugurib chiqqan va ayol uni payqamay qolgan.

Ayrim guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayol mashina boshqarayotib telefonda sms-xabar yozayotgan bo‘lgan, shu sababli o‘z vaqtida tormoz bosishga ulgurmagan. Bu ma'lumotning aniqligi tasdiqlanmagan.

Voqea joyiga zudlik bilan YHXB xodimlari yetib kelishgan. Haydovchi ayolga nisbatan qanday chora qo‘llanilgani hozircha noma'lum qolmoqda.