Iqtisodiyot | 14:38 / 13.05.2016
4281
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda 1-chorakda 51,7 million dollarlik grant jalb etildi
O‘zbekiston 2016 yilning birinchi choragida umumiy qiymati 51,7 million dollarlik 67ta grant jalb etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Moliya vazirligi ma'lumotiga tayanib, UzDaily.uz xabar qildi.
Ushbu hisobot davrida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasiga 23,2 million dollarlik 25ta grant va ijtimoiy muhofaza, madaniyat rivoji va sport sohasiga 4,4 million dollarlik 22ta grant jalb etdi.
22,6 million dollarlik uchta grant qishloq va suv xo‘jaligi sohalariga hamda 0,5 million dollarlik ikkita grant iqtisodiyot, sanoat, moliya bozori va tadbirkorlik taraqqiyoti sohalariga tatbiq etildi.
2016 yilning yanvar-mart oyida 1 million dollarlik 15 ta grant ta'lim va xodimlarning malakasini oshirish maqsadida ajratildi.