Jamiyat | 18:12 / 14.05.2016
11945
1 daqiqa o‘qiladi

Yolqin To‘ychiyevning “Suv parisi uchun uy” filmi Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi deya tan olindi

Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan “Ak Ilbirs” kinofestivalida rejissyor Yolqin To‘ychiyevning “Suv parisi uchun uy” filmi ham ishtirok etib, Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi deya tan olindi. 

Bu haqda aktrisa Shahzoda Matchonova o‘z instagramdagi sahifasi ma'lum qildi.

Aktrisa Shahzoda Matchonova instagramdagi sahifasida mukofot bilan tushgan suratini joylashtirib, surat ostida: “Suv parisi uchun uy” filmi Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi bo‘ldi. Biz “Ak Ilbirs” mukofotini qo‘lga kiritdik. Bizni qo‘llab-quvvatlab, qaynoq tilaklarini bildirganlarga rahmat! Bu butun ijodiy jamoaning yutug‘i”, — deya zoh qoldirdi.