Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Arizonadan soatiga 20 dollardan boshqaruvchisiz qurilmalarni sinovdan o‘tkazuvchi haydovchilarni ishga oladi
Google kompaniyasi Amerikaning Arizona shtatida o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillarini sinovdan o‘tkazish uchun haydovchilarni ishga qabul qilmoqda, deya xabar berdi The Arizona Republic.
Bo‘lg‘usi ishchilarga 1-2 yil muddatga 20 dollar hajmida soatli to‘lov shartnomalari taklif qilinmoqda. Ish joyi - Chandler shahri. Kompaniya o‘z mashinalarining yuqori harorat sharoitida qanday ishlashini sinab ko‘rmoqchi.
Haydovchi avtomobil tizimi faoliyati va uning tashqi ta'sirga reaksiyasini nazorat qilishi hamda batafsil hisobot berishi kerak.
Jamoaga avtomobil boshqarishda katta tajribaga ega kishilar qabul qilinmoqda. Saralashdan o‘tgan haydovchilar o‘z ish joylarini sir tutishi talab qilinadi.
O‘z-o‘zini boshqaruvchi Google avtomobillarinining sinov dasturi rahbari Brayan Torchellinining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya bu ishga turli yo‘nalishdagi mutaxassislarni jalb qilmoqda.