Jahon | 10:22 / 14.05.2016
7238
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Rossiya yaxtasini qo‘lga oldi

«Vladivostok» qutqaruv-muvofiqlashtirish markazi mutaxassisining bayonot berishicha, Shimoliy Koreyaning sohil qo‘riqlash xizmati xodimlari «Elfin» yaxtasi bilan birga sportchilarni ham hibsga olgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Yaxta ushlangan. Ularning ekipaj a'zolarining ahvoli yaxshi». Bunda Rossiya Tergov qo‘mitasi Uzoq Sharq tergov boshqarmasida ma'lum qilishlaricha, yaxtani qirg‘oq qo‘riqlash xizmati qo‘lga olgan.

Primore parus sporti federatsiyasi vitse-prezidenti Yevgeniy Xromchenkoning feysbukdagi sahifasida ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya bayrog‘iga ega kema primorelik sportchilar bilan birga ularning yaxtasini  KXDR tomon olib ketgan. 

«Ularga shimoliy koreyalik baliqchilar yaqinlashib, kapitanni bortga chiqarishgan va yaxtani Shimoliy Koreya tomon olib ketishgan. Qirg‘oqqa 85 mil bo‘lgan. Yarim tunga borib, tranasport prokuraturasi va chegarachilar ushbu vaziyatga aralashgan. Va shundan so‘nggina, KXDR chegarachilari rus tomoni so‘rovlariga javob bergan», — deb izoh qoldirgan parus sporti federatsiyasi vitse-prezidenti o‘z sahifasida. 

Uzoq sharq transport prokuraturasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, yaxta dastlab neytral suvlarda suzgan, dengiz chegarasini buzmagan.