Koinotdagi mitti bo‘lak XKSdagi oynaga shikast yetkazdi
Yevropa koinot agentligi (ESA) Xalqaro koinot stansiyasi modullaridan birining illyuminatoridagi oynada bir santimetrlik darz qayerdan paydo bo‘lganiga aniqlik kiritdi. Hozirda stansiyada bo‘lgan fazogir Timoti Pikning fikricha, bu darzning paydo bo‘lishiga qum zarrasidek keladigan koinot chiqindisi sabab bo‘lgan. Bu haqda ESA saytida ma'lum qilindi.
Zarba XKSning modulida joylashgan tomosha gumbazining 7 ta illyuminatoridan biriga to‘g‘ri kelgan. Bo‘yoq yoki metall zarracha bo‘lishi mumkin bo‘lgan kichik o‘lchamdagi koinot chiqindisi 4 qatlamli oynavand panelni teshib o‘ta olmagan. Bu holat stansiyadagi fazogirlarning hayoti va ishiga ta'sir qilmadi.
XKS ekipaj a'zolarini koinot chiqindisidan himoya qilish uchun meteoritlarga qarshi panellar va maxsus elementlar bilan jihozlangan, ular stansiyaga koinot obektlari bilan to‘qnashishdan qochishga imkon beradi.
Shu bilan birga, bir santimetrlik koinot chiniqdisi stansiyaga jiddiy zarar yetkazishi, 10 santimetrlik bo‘lak esa uni parchalab yuborishi mumkin.
Ba'zida stansiyaning chiqindi bilan to‘qnashish ehtimoli shunchalik haqiqatga yaqin bo‘ladiki, fazogirlarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Oxirgi marta bunday holat 2015 yil iyunida yuz bergandi.