Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Yevrovideniye tashkilotchilari «nomashhur» Rossiyaning g‘alaba qilishidan hadiksiramoqda
«Yevrovideniye-2016» Yevropa mamlakatlarining musiqa sohasidagi tanlovi tarixidagi eng ziddiyatlisi bo‘lishi mumkin. Anjuman tashkilotchisi hisoblanuvchi Yevropa efirga uzatish ittifoqi musobaqada Rossiyaning g‘alaba qozonishidan xavotir bildirmoqda, deb yozmoqda Britaniyaning Daily Mirror gazetasi.
«Yevropa efirga uzatish ittifoqi, Rossiya g‘alaba qozonishi tanlovga qanchalik putur yetkazishi mumkinligini his qilmoqda shekilli, musobaqaning boshqa ishtirokchilari g‘alaba qozonishi uchun barcha choralarni ko‘radigan shashti bordek go‘yo», — degan tashkilotchidagi manbalardan biri.
Nashrning xabar qilishicha, Rossiya rahbariyatiga nisbatan salbiy qarashlar mavjudligiga qaramay, Rossiya vakili bukmekerlar orasida mashhurlardan biri bo‘lib turibdi.
Rasmiy Kiyev o‘z navbatida Rossiya g‘alaba qozongudek bo‘lsa, «Yevrovideniya»ni boykot qilishi haqida bayonot berishga ham ulgurgan edi.