Pentagon IShIDning bosh g‘oyasi barbod bo‘lganini aytdi
IShID terrorchilari bosib olgan yerlarida to‘laqonli davlat tuzilmasi yarata olmadilar. Bunday fikrni matbuot-anjumanda Iroq va Suriyadagi operatsiyada ishtirok etayotgan AQSh qo‘shinlari guruhlari vakili, polkovnik Stiv Uorren aytib o‘tdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"IShID deb nomlanayotgan halifalik davlat sifatida mavjud bo‘lish imkoniyatiga tayanadi. Haqiqat shundaki, ular buni qila olmaydilar", deb aytdi Uorren. U AQSh harbiy-havo kuchlari guruhning neft omborlarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazganini eslatib o‘tdi, polkovnikning aytishicha, buning oqibatida jangarilarning energiya tashuvchilardan oladigan daromadlari 2 barobarga kamayib ketgan. Polkovnik, shuningdek, xorijdan yollanuvchi jangarilarning soni 75 foizga qisqarib ketganini ta'kidlab o‘tdi.
Moliyaviy qiyinchiliklar terrorchilarga beriladigan maoshlarning qisqartirilishiga olib kelgan.