Sport | 12:21 / 14.05.2016
10444
1 daqiqa o‘qiladi
«Real» Iroqdagi hujum yuzasidan rasman bayonot bilan chiqdi
“Real” Iroqda o‘zining fan-klubiga terrorchilar tomonidan qilingan hujum yuzasidan bayonot bilan chiqdi.
«Jamoa Iroqda bo‘lgan ishlardan juda qayg‘uda. U yerda “Real” fan-klubining 16 a'zosi hayot bilan vidolashdi, 20 nafari esa jiddiy jarohatlandi.
Jamoa vafot etganlarning oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Jamoa terrorchilar zulmidan aziyat chekib kelayotgan iroqliklarga ham, o‘z navbatida, hamdardlik bildiradi.
Ertaga “Real” vafot etganlarga ta'ziya hamda hurmat tariqasida qora bog‘ichlarda maydonga tushadi”, - deyiladi klub ma'lumotida.