Jahon | 22:26 / 15.05.2016
4111
1 daqiqa o‘qiladi
Yamanda xudkushning hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 dan oshdi
Yamanning janubida xudkushning hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 41 kishiga yetdi, 60 dan ko‘proq odam jarohat oldi, deb xabar bermoqda mahalliy televideniyega iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Xudkush o‘zini Al-Muqalla shahrida politsiyaga yangi xodimlar qabul qilinadigan markaz yonida portlatdi.
Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Avvalroq politsiyaga yangi ishga olingan 30 nafar xodim halok bo‘lgani, 70 kishi yaralangani ma'lum qilingandi.