Yamanda terakt tufayli xizmatga yangi olingan politsiyachilardan 30 nafari halok bo‘ldi
Yamanning Muqalla shahrida xudkush terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida xizmatga endigina yollangan politsiyachilardan 30 nafari halok bo‘lgan. Shuningdek, bu xunrezlik tufayli 60dan ortiq kishi jarohatlangan.
Mahalliy nashrlar tarqatgan xabarga ko‘ra, terrorchi xizmatga chaqirilgan politsiyachilar safi oldiga kelib portlovchi qurilmani ishga tushirishi oqibatida terakt sodir etilgan.
Mamlakat janubidagi Muqalla porti terrorchilar faol harakatlanadigan hududda joylashgan. Aprel oyi oxirida hukumat qo‘shinlari bu shaharda nazorat o‘rnatgandi.
Bugungi hujumdan Muqalla politsiyasi boshlig‘i omon chiqqan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu hujum IShID tomonidan amalga oshirilgani aytilgan.
Yamanda bir tomonida sobiq prezident Abdulla Salohning tarafdorlari hamda shialar (husiychilar), ikkinchi tomonida mamlakatning amaldagi prezidenti Abd Rabbo boshliq sunniylar turgan tomonlar o‘rtasida nizolar 2014 yilning avgustida boshlangandi. Lekin 2015 yilning 26 martida qonuniy hukumatni qo‘llash maqsadida Yamanda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya harbiy amaliyotlar boshlagach vaziyat yanada murakkablashdi.BMT ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan vaqt ichida 6,4 ming kishi qurolli to‘qnashuvlar tufayli halok bo‘lgan va 30 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.Ayni vaqtda mamlakat poytaxti Sano isyonchilar qo‘lida qolmoqda. Arab koalitsiyasi 2015 yilning aprelida mamlakat janubidagi port shahar Adandan isyonchilarni quvib chiqargach, bu shaharga Abd Rabbo hukumati joylashgan va shahar Yamanning vaqtinchalik poytaxtiga aylangan.