Sport | 21:38 / 15.05.2016
4163
9 daqiqa o‘qiladi

APLda mavsumning oxirgi tur o‘yinlari o‘tkazildi

Bugun, 15 may kuni APLning oxirgi turi doirasidagi 9ta uchrashuv bir vaqtda, Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlandi. "MYu" va "Bornmut" uchrashuvi esa "Old Trafford" stadionida aniqlangan shubhali buyum tufayli noma'lum muddatga qoldirildi.

Premer-liganing qolgan 18 jamoasi esa mavsumni rasman yakunladi. Chempionlik poygasida "Lester" bilan raqobatlasha olmagan Londonning "Tottenhem" klubi so‘nggi turda kumush medallarni poytaxtning boshqa bir jamoasi "Arsenal"ga boy berdi. Liga bilan o‘tgan turda xayrlashib bo‘lgan "Nyukasl" o‘z maydonida "Tottenhem" 1:5 hisobidagi qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratdi.

Qayd etish kerak, "Tottenhem" mavsumning so‘nggi qismini juda bo‘sh o‘tkazdi. Pochettino shogirdlari oxirgi 4ta turda atigi 2 ochko jamg‘ara oldi. "Nyukasl" hisob 2:1 ko‘rinishida turganida, 10 kishi bo‘lib qoldi lekin g‘alabani saqlab qolish bilan kifoyalanmasdan, raqib darvozasiga yana 3ta gol urdi. O‘yinda ikkinchi golni urgan Aleksandr Mitrovich joriy mavsumda Premer-liganing  1000-goliga mualliflik qildi. Aynan u ikkinchi bo‘lim vaqtida qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

"Shporlar"ning ochko yo‘qotishi Londonning boshqa bir klubi "Arsenal"ga qo‘l keldi. Premer-ligani so‘nggi o‘rinda yakunlagan "Aston Villa"ni qabul qilgan "kanonirlar" 4:0 hisobida g‘alaba qozondi va kumush medallarga ega chiqdi.

Chempionlar Ligasining so‘nggi yo‘llanmasi uchun kurash olib borgan "Manchester Siti" Uelsda, "Suonsi"ga qarshi uchrashuvda durang o‘ynadi. Agar bu uchrashuvda mag‘lubiyat qayd etilgan taqdirda jamoa YeChL yo‘llanmasi taqdirini katta xavf ostiga qoldirgan bo‘lardi. Bugun o‘yini qoldirilgan "MYu" to‘rtinchi o‘rin uchun hali ham nazariy jihatdan imkoniyat saqlab qolmoqda. Buning uchun jamoa qoldirilgan uchrashuvda "Bornmut"ni 19ta gol farqi bilan mag‘lub etishi kerak bo‘ladi.

Turning yana bir uchrashuvida chempion jamoa "Lester" "Chelsi" maydoniga safar qildi va 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi. Shu tariqa jamoa mag‘lubiyatsiz seriyani saqlab qoldi. "Lester" 38 uchrashuvdan faqat uchtasida, "Arsenal"ga qarshi 2ta uchrashuvda va "Liverpul"ga qarshi bir uchrashuvda mag‘lubiyat qayd etgan.

Shu tariqa, "Lester", "Arsenal", va "Tottenhem" keyingi mavsumda YeChLning guruh bosqichidan ishtirokni boshlaydi. To‘rtinchi o‘rinni egallashi 99 foizga hal bo‘lgan "Manchester Siti" keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish uchun pley-off o‘yinlarida qatnashishi mumkin. Mavsumni 8-o‘rinda yakunlagan "Liverpul" ham Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lish orqali Angliyaning YeChLdagi beshinchi klubiga aylanishi mumkin. Hozircha 5-6 o‘rinlarni egallab turgan "Sauthempton" va "Manchester Yunayted" Yevropa Ligasi yo‘llanmasini naq qilgan.

Bugun "Stok Siti"ga qarshi safar uchrashuvida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, mavsumni 7-o‘rinda yakunlagan "Vest Hem" xalqaro maydonlardagi turnirlarda ishtirok etishi uchun "MYu" Angliya Kubogi finalida "Kristal Pelas"ni yengishi talab etiladi.

38-turning boshqa uchrashuvlarida "Sauthempton" "Kristal Pelas"ni 4:1 hisobida yengdi, "Liverpul" "Vest Bromvich" maydonidan durang bilan qaytdi. "Everton" "Norvich"ni 3:0 hisobida yenggan bo‘lsa, "Uotford" va "Sanderlend" to‘qnashuvida tomonlar durangga imzo chekishdi - 2:2. 

"Nyukasl", "Norvich", "Aston Villa" kabi jamoalar 2016/17 yilgi mavsumni chempionshipda o‘tkazadi.

Angliya Premer-ligasi
38-tur bellashuvlari
15 may, yakshanba

«Arsenal» — «Aston Villa» 4:0
Gollar: Olive Jiru, 5 (1:0). Olive Jiru, 79 (2:0). Olive Jiru, 80 (3:0). Mikel Arteta, 90+2 (4:0).
Arsenal – Chex, Gabriel, Monreal, Belerin, Koselni, Koklen, Kasorla (Kempbell, 88), Ozil (Arteta, 88), Uilsher (El-Nenni, 69), Sanches, Jiru.
Aston Villa –    Bann, Bakuna, Touner, Leskott (Richards, 65), Layden (Grilish, 75), Guyye, Sanches, Sinkleyr, Vestvud, Sissoko, Ayyu.
Ogohlantirish: Sanches (39).

«Chelsi» — «Lester» 1:1
Gollar: Sesk Fabregas, 66-pen (1:0). Deniyel Drinkuoter, 80 (1:1).
Chelsi – Kurtua, Ivanovich (Tomori, 60), Baba, Aspilikueta, Keyxill, Traore (Abraxamm, 53), Pedro (Loftus-Chik, 54), Villian, Fabregas, Azar, Matich.
Lester – Shmeyxel, Vasilevski, Fuks, Simpson, Morgan, Drinkuoter, Kante, King (Okadzaki, 46), Grey (Shlupp, 46), Mahrez (Olbrayton, 80), Vardi.

«Everton» — «Norvich» 3:0
Gollar: Jyeyms Makkarti, 19 (1:0). Leyton Beyns, 44-pen (2:0). Kevin Miralyas, 48 (3:0).
Everton – Hovard, Jagelka, Pennington (Kenni, 29), Stounz, Beyns, Berri, Makkarti (Lennon, 53), Devis, Dauell (Barkli, 69), Miralyas, Lukaku.
Norvich – Raddi, Olsson (Breydi, 10), Pintu, Bennett (Bassong, 50), Martin, Redmond, Dorrans, O`Nil, Djarvis (Hulaxan, 71), Neysmit, Djyerom.

«Nyukasl» — «Tottenhem» 5:1
Gollar: Jorjino Veynaldum, 19 (1:0). Aleksandr Mitrovich, 39 (2:0). Erik Lamela, 60 (2:1). Jorjino Veynaldum, 73-pen (3:1). Rolando Aarons, 85 (4:1). Daril Yanmat, 86 (5:1).
Nyukasl – Darlou, Teylor, Dammett, Yanmat, Mbemba, Tiote (Shelvi, 62), Kolbek, Sissoko (Sterri, 84), Taunsend, Veynaldum (Aarons, 76), Mitrovich.
Tottenhem – Loris, Vertongen, Alderveyreld, Devis, Dayyer, Lamela, Meyson (Kerroll, 46), Eriksen, Uoker (Shadli, 71), Son Xyn Min (Onoma, 46), Keyn.
Ogohlantirishlar: Meyson (45), Lamela (62), Aarons (85).
Chetlatish: Aleksandr Mitrovich, 67 (N).

«Sauthempton» — «Kristal Pelas» 4:1
Gollar: Sadio Mane, 43 (1:0). Grasiano Pelle, 61 (2:0). Jyeyson Panchon, 64 (2:1). Rayan Bertrand, 75-pen (3:1). Stiven Devis, 87 (4:1).

Sauthempton – Forster, van Deyk, Martina, Bertran, Fonte, Romeu (Pelle, 46), Vanyama, Devis, Tadich (Uord-Prouz, 72), Mane, Long (Ostin, 83).
Kristal Pelas – Speroni, Suare, Uord (Kelli, 82), Dileyni, Mariappa, Yedinak, Panchon, Makartur (Li Chun Yun, 78), Match (Kaykay, 46), Adebayor, Geyl.
Ogohlantirishlar: Uord (54), Makartur (59), Pelle (72).

«Stok Siti» — «Vest Hem» 2:1
Gollar: Maykl Antonio, 23 (0:1). Imbula Vanga, 55 (1:1). Mame Biram Diuf, 88 (2:1).
Stok Siti – Given, Shoukross, Piters, Kemeron (Bardsli, 80), Vollshayd, Uelan, Imbula, Arnautovich, Krkich (Adam, 78), Xoselu (Diuf, 74), Uolters.
Vest Hem – Rendolf, Rid, Kressuell, Tomkins (Mozes, 86), Ogbonna, Antonio, Nobl, Kuyate, Lansini, Sako (Emenike, 61), Kerroll (Valensiya, 67).
Ogohlantirishlar: Kuyate (20), Imbula (40), Diuf (89), Given (90).

«Suonsi» — «Manchester Siti» 1:1
Gollar: Kelechi Ixeanacho, 5 (0:1). Andre Ayyu, 45+1 (1:1).
Suonsi – Nordfeldt, Kingsli, Ranxel, Fernandes, Amat, Rautledj (Barrou, 58), Britton, Montero (Gomis, 83), Fer, Ayyu, Kork.
Manchester Siti –    Xart, Mangalya, Sanya, Klishi, Otamendi, Fernandino, Navas, Fernando, de Bryuyne, Aguero (Ture, 90), Ixeanacho (Nasri, 72).
Ogohlantirishlar: Ixeanacho (41), Otamendi (45), Sanya (67), Britton (74).

«Uotford» — «Sanderlend» 2:2
Gollar: Jyek Roduell, 39 (0:1). Sebastyan Pryodl, 48 (1:1). Jyermeyn Lens, 51 (1:2). Troy Dini, 61 (2:2).
Uotford – Gomes, Britos, Predl, Ketkart (Paredes, 46), Xurado (Amrabat, 80), Ake, Abdi (Suares, 66), Uotson, Gediura, Igalo, Dini.
Sanderlend –    Pikford, Yyedlin (Jons, 76), O′Shi, Kone, Roduell, Robson, Lens, Larsson (Mvila, 62), Uotmor, N`Doyye, Grinvud (Xanimen, 52).
Ogohlantirish: Gediura (80).

«Vest Bromvich» — «Liverpul» 1:1
Gollar: Xose Salomon Rondon, 13 (1:0). Jordan Ayb, 23 (1:1).
Vest Bromvich – Foster, Makoli, Olsson (Chester, 46), Douson, Evans, Makkleyn (Fild, 86), Yakob, Fletcher, Gardner, Rondon, Leko (Roberts, 73).
Liverpul – Bogdan, Smit, Flanagan, Shkrtel, Styuart, Brennagan, Leyva, Ayb (Ingz, 64), Allen (Xenderson, 64), Odjo (Kanos, 81), Benteke.
Ogohlantirishlar: Smit (40), Makkleyn (45), Roberts (74), Evans (87).

«Manchester Yunayted» — «Bornmut» (qoldirildi)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish