Sport | 20:53 / 15.05.2016
4625
2 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» oxirgi turda APL turnir jadvalidagi ikkinchi o‘rinni «Tottenhem»dan tortib oldi

Bugun, futbol bo‘yicha Angliya chempionatining oxirgi tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Mavsum chempionligi masalasi va ligani tark etuvchi jamoalar nomi avvalgi turlarda hal bo‘lgani tufayli oxirgi turda mavsumning kuchli to‘rtligi qay tariqa ko‘rinish olishi ma'lum bo‘lishi kerak edi.

Mavsum davomida kuchli to‘rtlikni tark etmagan Londonning «Arsenal» jamoasi 38-turni turnir autsayderi va ligani birinchi bo‘lib tark etgan «Aston Villa» jamoasini qabul qildi.

Bu uchrashuv arafasida «Arsenal» hisobidagi ochkolar soni 68ta edi va jamoa uchinchi o‘rinda joylashgandi. Ikkinchi o‘rinni esa mavsumning oxirgi qismiga qadar peshqadam «Lester» bilan birinchi o‘rin uchun raqobatlashgan «Tottenhem» 70 ochko to‘plagan holda joylashgandi.

«Shporlar» ham oxirgi turni keyingi mavsumni chempionshipda o‘tkazadigan «Nyukasl»ga qarshi o‘tkazdi.

Londonda kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi va ochkolari sonini 71taga yetkazishdi. Nyukasldagi uchrashuv esa «Arsenal»ning ikkinchi o‘rin uchun raqobatchisi «Tottenhem»ning yirik hisobdagi (1:5) mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Natijada «Arsenal» ikkinchi o‘rinni egalladi, «Tottenhem» uchinchi o‘rinda qoldi.

Arsenal – Aston Villa 4:0
Gollar: 1:0 – 5 Jiru, 2:0 – 78 Jiru, 3:0 – 80 Jiru, 4:0 – 90, avtogol Bann.
Arsenal – Chex, Gabriel, Monreal, Belerin, Koselni, Koklen, Kasorla (Kempbell, 88), Ozil (Arteta, 88), Uilsher (El-Nenni, 69), Sanches, Jiru.
Aston Villa –    Bann, Bakuna, Touner, Leskott (Richards, 65), Layden (Grilish, 75), Guyye, Sanches, Sinkleyr, Vestvud, Sissoko, Ayyu.
Ogohlantirish: Sanches (39).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish