Jahon | 13:28 / 15.05.2016
3508
1 daqiqa o‘qiladi

Bag‘doddagi zavodga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahri atrofidagi hududda joylashgan tabiiy gaz zavodiga terrorchi xudkushlar tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan va 21 kishi jarohatlangan. Bu haqda politsiyadagi manbasiga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, xudkush terrorchilar mingan avtomobil zavod hududiga kirib kelgan. Mashina ichidan 6 kishi chiqqan va zavod qo‘riqchilari bilan otishma uyushtirishgan.

Politsiyaning qayd etishicha, to‘qnashuv vaqtida gaz saqlanuvchi 3ta omborxona yonib ketgan.