20:34 / 15.05.2016
3702

Kante o‘ziga qiziqish bildirayotgan Angliya grandlari orasidan «Arsenal»ni tanlamoqchi

«Lester»ning fransiyalik yarimhimoyachisi Ngolo Kante yozgi transferlar vaqtida kuchliroq jamoaga o‘tmoqchi.

Bundan oldinroq, ushbu futbolchiga Angliyaning grand jamoalari, «Arsenal», «Manchester Siti», «MYu» va «Chelsi» jamoalari tomonidan ushbu futbolchiga qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar berilgandi.

Londonliklar rahbariyati ushbu futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lashga tayyorligi, jamoa bosh murabbiyi bu futbolchini qo‘lga kiritishni jiddiy ravishda istayotgani aytilgandi.

Shuningdek, joriy mavsum kashfiyotlaridan biri bo‘lgan bu 24 yoshli iqtidor egasiga «PSJ» tomonidan taklif berilgandi.

Telefoot nashri xabariga ko‘ra esa Kantening o‘zi Londonning «Arsenal» jamoasida o‘ynashni istamoqda.

«MYu» «Lester» bilan Kantening transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi

«Manchester Siti» N‘Golo Kanteni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

«PSJ» sport direktori «Lester» futbolchisi Kante bilan transfer masalasi bo‘yicha gaplashib oldi

«Arsenal» Mahrez va Kantega jiddiy qiziqish bildirmoqda

Top