Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya hamkorligida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi
Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya o‘zaro harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Gasanovga asoslanib, RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.
"Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya Qurolli kuchlarining jangovar tayyorligi va qobiliyatini oshirish maqsadida biz umumiy maqsadlarda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. Kiberxavfsizlik sohasida, shuningdek neftegaz quvurlari xavfsizligini ta'minlashda uzviy hamkorlik qilishimiz zarur", deya qayd etgan u Turkiya va Gruziya vazirlari bilan uchrashuv yakunida.
Bundan oldinroq, Ozarbayjon shimolidagi Gabala shahrida mezbonlar hamda Gruziya va Turkiya mudofaa vazirlari ishtirokida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.