Sport | 12:49 / 15.05.2016
5195
1 daqiqa o‘qiladi
Ronaldu ketma-ket 6 mavsumda 50ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 38-turida «Deportivo»ga qarshi o‘yindagi (2:0) 2ta golga mualliflik qildi.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda o‘z klubi safidagi gollari sonini 51taga yetkazdi: 35ta — La ligada, 16ta — YeChLda.
Shu tariqa, Ronaldu klub safida ketma-ket 6 yil davomida 50 va undan ortiq gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Krishtianu 2010/11 yilgi mavsumda — 53ta, 2011/12 yilgi mavsumda — 60, 2012/13 yilgi mavsumda — 55, 2013/14 yilgi mavsumda — 51, 2014/15 yilgi mavsumda — 61ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.