Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung proyektorga ega «aqlli» soatlarni patentladi
Samsung kompaniyasi qurilma displeyidagi tasvirni biron narsaning yuzasiga (misol uchun, devor) proyektrlashtiruvchi va gadjyet interfeysini esa foydalanuvchining qo‘liga uzatib beruvchi texnologiyaga ega bo‘lgan «aqlli» soatlarga patent olish uchun ariza topshirdi. Bu haqida AndroidHeadlines nashri xabar beradi.
Bunday texnologiya foydalanuvchi uchun soatlarning virtual interfeysini o‘zining bilaklariga eng kerakli bo‘lgan tugmalarni joylashtirgan holda uzatib beradi.
Taxmin qilinishicha, bunday «aqlli» soatlarni proyektr sifatida foydalanib, biron-bir yuzaga ekrandagi ma'lumotni uzatish ham mumkin bo‘ladi: masalan, devor yoki stol.
Bundan tashqari, patent arizasidagi ma'lumotga ko‘ra, soatlarni virtual reallik shlemlari bilan sinxronlashtirish imkoniyati mavjud.
AndroidHeadlines nashrining yozishicha, patent olish uchun ariza 2014 yilning noyabr oyida berilgan, ammo ommaga bu yangilik faqatgina hozirgi kunlarda ma'lum bo‘ldi.
Nashrning ta'kidlashicha, kompaniya bu texnologiya ustida bir yarim yildan beri ish olib borayotganligiga kafolat yo‘q. Har doim ham patent olish qurilmaning ishlab chiqarilishi va bozorda paydo bo‘lishidan dalolat bermaydi, deb xulosa qiladi AndroidHeadlines.