Sport | 00:37 / 15.05.2016
6218
1 daqiqa o‘qiladi

"Suonsi" futbolchisi harbiy xizmat o‘tayotgani sababli "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

"Suonsi Siti" yarimhimoyachisi Ki Sun Yun Angliya chempionatining 38-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. 

Ma'lum qilinishicha, 27 yoshli futbolchi Janubiy Koreyaga 4 haftaga harbiy xizmatni o‘tagani ketgan. Janubiy Koreya qonunlariga ko‘ra, mamlakatning 29 yoshgacha bo‘lgan har bir fuqarosi harbiy xizmatni o‘tashi kerak, aks holda u davlatdan haydaladi. 

E'tiborlisi, futbolchi Janubiy Koreya terma jamoasining Londondagi Olimpiadada erishgan muvaffaqiyati sababli armiyada bor-yo‘g‘i 4 hafta bo‘ladi. Janubiy Koreya o‘shanda bronza medallarni qo‘lga kiritgani sababli, jamoaning barcha o‘yinchilarining 2 yillik harbiy xizmati 4 haftagacha qisqartirilgandi.

Futbolchi joriy mavsumda 28 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta to‘p muallifiga aylangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid