Jamiyat | 19:26 / 15.05.2016
7171
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina hukumati "Yevrovideniye" g‘olibi Jamalaga xalq artisti unvonini bermoqchi

Ukraina madaniyat vaziri Yevgeniy Nishchuk "Yevrovideniye-2016" tanlovi g‘olibi Jamala Ukraina hukumati tomonidan "Ukraina xalq artisti" unvoni bilan mukofotlanishini ma'lum qildi.

"Hamkasblar bilan gaplashib oldik. Madaniyat vazirligi tomondan Jamala xalq artisti unvoni olishi uchun hujjatlarni tayyorlamoqdamiz. Chunki, kim bunday mukofotlarga qanday munosabatda bo‘lmasin, bu davlat tomonidan kichkina, ramziy maqtov bo‘lsa ham, biroq juda yoqimli minnatdorchilikdir!", deb yozdi vazir feysbukdashi sahifasida. 

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda bo‘lib o‘tgan "Yevrovideniye" tanlovi 15 mayga o‘tar kechasi yakunlandi. Ukrainalik qo‘shiqchi Jamala "1944" deb nomlangan qo‘shig‘i bilan tanlov g‘olibi bo‘ldi. 2-o‘rinni avstraliyalik Demi Im, 3-o‘rinni rossiyalik Sergey Lazarev egalladi. 

Jamala Ukrainaga 15 may kuni kechki payt kelishi kutilmoqda.