Texnologiya | 21:45 / 16.05.2016
11222
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda o‘qni to‘xtata oladigan metall ko‘pik yaratildi

AQShning Shimoliy Karolina universiteti olimlari zirhni teshib o‘tuvchi o‘qni to‘xtata oladigan metall ko‘pik yaratishdi. O‘q uzilgandan keyin yangi material snaryadni parchalab tashlaydi. 

Mutaxassislar ko‘pikdan odamni maksimal darajada himoya qila oladigan yengil bronejilet yaratishda foydalanishmoqchi. Shuningdek, metall ko‘pikni avtomobillarni himoyalashda qo‘llash rejalashtirilmoqda. Amerikalik mutaxassislar tomonidan yaratilgan bu material tarkibiga bo‘sh po‘lat sharchalar qo‘shilgan zanglamaydigan po‘lat kukunidan tayyorlangan. 

Olimlar ko‘pikni sinovdan o‘tkazayotganlarida 2,5 sm qalinlikdagi ko‘pik o‘qni to‘xtatib, uni parchalab yuborishga qodirligini aniqlashdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish