Jamiyat | 17:23 / 16.05.2016
10877
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbek olimlari suvsiz yerda bog‘ barpo qilish yo‘lini o‘ylab topishdi
Bog‘dorchilik va gulchilik asoslari saytida xabar qilinishicha, o‘zbek olimlari suvsiz yerda bog‘ barpo qilish usulini ishlab chiqishgan.
IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida taqdim etilgan loyiha Andijon Qishloq Xo‘jalik instituti o‘qituvchi va talabalari tomonidan ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra, tog‘ va tog‘ oldi joylarida foydalanilmay yotgan yerlar o‘zlashtiriladi. Yomg‘ir va qor suvlarini to‘plash, akkumulyatsiya qilish orqali yozning chillasi hamda qurg‘oqchilik davrida o‘simlik va daraxtlar sug‘oriladi.