Angliya cherkovi Google kompaniyasiga millionlab dollar sarmoya kiritmoqchi
Angliya cherkovi, garchi soliq to‘lamaydigan firmalarga qarshi kurashish bo‘yicha va'da berganiga qaramay, Google’ga millionlab dollar sarmoya kiritmoqchi, deb yozmoqda The Times gazetasi.
Cherkov komissionerlari kuni kecha e'lon qilgan yillik hisobotida ma'lum qilishlaricha, Google’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasi «cherkov ma'muriyati mablag‘lari kiritiladigan 20 ta eng qimmat kompaniyadan biridir». Biroq hozircha sarmoyalar hajmiga oydinlik kiritilgani yo‘q.
Shuning barobarida, qayd etilishicha Cherkov ma'muriyati 7 mlrd funt sterling (10mlrd 48 mln 300 ming AQSh dollari) miqdoridagi sarmoyani nazorat qiladi.
O‘tgan yilning may oyida Angliya cherkovi neft va ko‘mir qazib oluvchi kompaniyalardagi ulushini, ularning atrof-muhitga yetkazayotgan zarari tufayli 12 mln funtga qisqartirishini bildirgan edi.