Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Arsenal" futbolchisi Arteta faoliyatini yakunladi
"Arsenal" yarimhimoyachisi Mikel Arteta faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.
"To‘xtash mushkuldir, biroq men ketmoqchiman. Oxirgi bir necha oyda men klubni maydonda taqdim qila oladigan darajada emasman, deb qaror qildim.
Bunga ko‘nikish kerak. Men uzoq vaqt futbol o‘ynadim, ketish vaqti keldi. Men Vengerdan achchiqlanmayman, o‘zing bilan rostgo‘y bo‘lish kerak.
Men murabbiy bo‘lishim mumkin, menda hozir uchta variant bor, biroq klublar nomini aytmoqchimasman", deb aytdi ispan.
Avvalroq Arteta "Tottenxem" yoki "Manchester Siti" murabbiylik shtabiga kirishi mumkinligi ma'lum qilingandi.