Jamiyat | 10:02 / 16.05.2016
5869
1 daqiqa o‘qiladi

Checheniston Oliy sudi raisi Qodirovning tanqididan keyin iste'foga chiqdi

Checheniston Oliy sudi raisi Magomed Karatayev o‘z lavozimidan bo‘shash haqida ariza yozdi. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslangan holda RNS xabar tarqatgan.

"Rahbarning iste'foga chiqishimni taklif qilishidan keyin men undan va chechen xalqidan uzr so‘ragan holda shu qarorga keldim. Arizamni o‘z ixtiyorimga ko‘ra yozdim", deydi u.

U shuningdek, sudyalarning qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yishidagi ayblarini tan olgan va Checheniston rahbari Ramzan Qodirov uni asosli ravishda tanqid qilganini ta'kidlagan.

Bundan oldinroq, OAVda Chechenistonda 2 nafar sudya Qodirovning tanqidlaridan keyin iste'foga chiqqani haqida xabarlar berilgandi.