Jamiyat | 08:55 / 16.05.2016
9080
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya vakili "Yevrovideniye"da adashib Ukrainaga ballarni bergani ma'lum bo‘ldi

Stokgolmda bo‘lib o‘tgan "Yevrovideniye–2016" musiqiy tanlovi natijalari ikki kundan beri keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik Ukraina vakili g‘olib bo‘lganidan ajablanmoqda, chunki tanlovda g‘oliblikka Rossiya, Avstraliya va Fransiya vakillari asosiy da'vogarlar sifatida qaralayotgan edi. 

Eurovision World’ning ma'lum qilishicha, daniyalik hakam Xilda Xeyk ishtirokchilarni baholash tizimida yanglishib ketib, Avstraliya vakili o‘rniga Ukraina vakiliga 12 ballni berib yuborgan. Xeyk avstraliyalik Demi Imga eng yuqori ball bermoqchi bo‘lgan, biroq adashib uni musobaqa g‘olibi, ukrainalik Jamalaga berib yuborgan.    

"Bu mening eng katta xatoim bo‘ldi, buni ochiqcha tan olaman", deb aytdi Xeyk.

Biroq nashrning ta'kidlashicha, Xeykning xatosi tanlov natijasiga ta'sir ko‘rsata olmadi, chunki Jamala bilan Demi orasidagi farq 12 balldan ko‘proq edi.   

Eslatib o‘tamiz, tanlovning bu yilgi g‘olibi ukrainalik Jamala bo‘ldi, 2- va 3-o‘rinni mos ravishda avstraliyalik Demi Im va rossiyalik Sergey Lazarev egalladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish