Jahon | 15:11 / 16.05.2016
6343
1 daqiqa o‘qiladi

Yelizaveta II o‘zining 90 yillik yubileyi sharafiga o‘tkazilgan bayramda qatnashdi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o‘zining 90 yillik yubileyi sharafiga o‘tkazilayotgan keng miqyosli shouga tashrif buyurdi. Bu haqda Daily Mail xabar qildi. 

Kontsert Vindzor qasri hududida bo‘lib o‘tayotgan edi. Qirolicha marosim hududiga ekipajda keldi. 

Tomoshabinlar orasida shahzoda Charlz, shahzoda Uilyam turmush o‘rtog‘i Ketrin bilan, shahzoda Harri va qirollik oilasining boshqa vakillari bor edi. Shouga shahzoda Donatus Gessenskiy – qirolicha Viktoriyaning nabira avlodi ham tashrif buyurgan. Bundan tashqari, Bahreyn qirollik xonadoni vakili Hamad ibn Iso al-Xalifa ham konsertga keldi. 

Qo‘shiqchilar Geri Barlou, Kayli Minoug va Shirli Bessi, aktyorlar Helen Mirren, Jim Karter hamda harbiy orkestr tomoshabinlar xizmatida bo‘ldi. Shuningdek, marosim davomida tulporlar shousi ham o‘tkazildi.