Jahon | 07:32 / 16.05.2016
6544
1 daqiqa o‘qiladi

Xillari Klinton AQSh iqtisodiyotini turmush o‘rtog‘iga berishga va'da qildi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton agar saylovlarda g‘olib bo‘lsa, AQSh iqtisodiyotini turmush o‘rtog‘i, AQShning sobiq prezidenti Bill Klintonga ishonishini aytdi.

RIA “Novosti” axborot agentligi ABC News telekanaliga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, Klinton bu haqda saylovoldi kampaniyasi doirasida saylovchilar bilan uchrashuvlardan birida aytdi.

"Men iqtisodiyotni tiklashni ishonib topshiradigan turmush o‘rtog‘im buni qanday qilishni biladi", deb aytdi Klinton.

Xillari Klinton turmush o‘rtog‘ining bilimlari ko‘mir qazib olinadigan hududlar hamda milliy kamchiliklar yashaydigan shaharlar tumanlari muammolarini hal qilishda ayniqsa foydali bo‘ladi.

Bill Klinton AQShning 42-prezidenti bo‘lib, mamlakatni 1992 yildan 2000 yilgacha boshqargan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish