Fan-texnika | 19:33 / 16.05.2016
6152
2 daqiqa o‘qiladi

Hyundai istalgan insonni robotga aylantira oluvchi ekzoskelet yaratdi

Janubiy koreyalik avtomobil ishlab chiqaruvchi Hyundai kompaniyasi o‘zining yangi robotlashtirilgan ekzoskeletini namoyish etdi. Undan hayotning turli sohalarida foydalanish mumkin. Masalan, kundalik hayotda, harbiy bo‘linmalarda, tibbiyot va ishlab chiqarish sohalarida ishlatilinadi.

Kompaniya o‘z ixtirosini Marvel studiyasining taniqli komiksi hisoblanuvchi Temir odamning kostyumi bilan solishtirmoqda. Robotkostyumning asosiy vazifasi – mehnat samaradorligini oshirish va bel, tizza hamda tananing boshqa qismlarida jarohat olish xavfini kamaytirishdan iborat. Dasturchilarning so‘zlariga muvofiq, inson ekzoskeletda  o‘z salomatligiga zarar yetkazmagan holda 100 kilogrammgacha bo‘lgan obektlarni boshqarishi mumkin. Bu esa ishlab chiqarish va qurolli kuchlarda ishlaydigan xodimlarning havasini keltirishi aniq. Endi ayollar ham bu robotning yordami bilan og‘ir bo‘lgan kartoshka qoplarini ko‘tara olish imkoniga ega bo‘lishadi. 

Bundan tashqari, Hyundai kompaniyasining Iron Man (Temir odam) roboti shaxsiy transport vositasi sifatida o‘z egasining harakat tezligini oshira oladi. Shu o‘rinda, bu robot mustaqil yurishga qiynaluvchi imkoniyati cheklangan insonlar -  nogironlar va nafaqaxo‘rlarga katta yordam beradi. Shuningdek,  robotlashtirilgan ekzoskelet harakat-tayanch tizimi shikastlangan bemorlarni reabilitatsiya qilish uchun yaxshi vosita bo‘la oladi.