Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston qurg‘oqchilikka qarshi kurashish maqsadida daryolar oqimini burmoqchi
Hindiston hukumati qurg‘oqchilikka qarshi kurashish maqsadida ba'zi daryolarning oqimini o‘zgartirishi mumkin.
Hindiston suv zaxiralari vazirligi asosiy hind daryolari, jumladan Braxmaputra va Gangning suvlarini qurg‘oqchilikka eng ko‘p moyil bo‘lgan hududlarga tashlamoqchi.
Vazir Uma Bxarti daryolarni boshqa hududlarga tashlash bo‘yicha loyihani hukumatning ustuvor vazifasi deb atadi. Ekologlarning e'tirozlariga qaramasdan, Oliy sud loyihaning amalga oshirilishini tasdiqladi.
Hindistonning turli hududlarida ayni vaqtda qurg‘oqchilikdan 330 mln kishi aziyat chekmoqda. Ko‘pchilik hududlarda havo harorati 40° S dan oshmoqda.