O‘zbekiston | 18:36 / 16.05.2016
7042
1 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov Finlyandiya bilan kelishuvga o‘zgartirishlar kiritilgani haqidagi protokolni imzoladi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ikki tomonlama soliqqa tortilish hamda daromad solig‘i to‘lashdan bosh tortishning oldini olish maqsadida O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi Kelishuvga o‘zgartirishlar kiritilgani haqidagi protokolni tasdiqladi.

Kelishuv 1998 yilning 9 aprelida imzolangan. Kelishuv protokoli 2016 yilning 8 martida Xelsnikida tasdiqlangan. 

Soliq tizimining xalqaro standartlariga muvofiq yangi qoidalari Kelishuvga protokol sifatida kiritiladi. 

O‘zbekiston rahbari Tashqi ishlar vazirligiga Respublika tomonidan xalqaro kelishuv doirasiga kirish uchun mamlakat ichidagi jarayonlarning ijrosi haqida ma'lumot yuborishni topshirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish